ToshDO‘TAUda Navro‘z sayli

Navro‘z – yangilanish va yosharish ayyomi. Bu bayramda yurt ham, ko‘ngillar ham obod bo‘ladi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bir necha kunlardan beri Navro‘z shukuhi hukmron. 26-mart kuni esa universitet jamoasining Navro‘z sayli o‘tkazildi. Erta tongdan universitet hovlisida milliy qadriyatlarimiz aks etgan bayram dasturxoni yozildi, milliy liboslar, milliy kuy-qo‘shiqlar va an’anaviy xalq o‘yinlari, haqiqiy xalq sayillariga xos ko‘tarinki kayfiyat nafaqat universitet jamoasini, balki barcha mehmonlarni ham badiiy sahna tomon chorladi. Universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov universitet jamoasini navro‘zi olam bilan tabriklarkan, Sharq xalqalarida yangi yil aynan Navro‘zdan boshlanajagini va ushbu yil mamlakatimiz, xususan, universitetimiz  uchun muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘lishini tiladi. Talabalar ijrosidagi bahoriy qo‘shiqlar, raqslar va she’rlar milliy qadriyatlarimizga hurmatning yana bir timsolidir.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.