Tohir Malik bilan uchrashuv o‘tkazildi

2019-yil 6-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Samimiy va hazil-mutoyibaga boy tarzda o‘tgan suhbatda adib ijodi, faoliyatiga doir ma’lumotlar barcha qatnashchilar diqqatini tortdi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.