Tinglovchiga eslatma

Markazning tinglovchilarining  huquqlari:

  • fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
  • markaz axborot-resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
  • maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish;
  • auditoriyalar,  ta’lim jarayoniga oid vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
  • ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda markaz raxbariyatiga  bildirishga va ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
  • markaz miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashish;
  • sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan yo‘nalishi  bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonun xujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.

Markaz tinglovchilarining  majburiyatlari:

  • tinglovchilar o‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart;
  • tinglovchilar markazda mavjud qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari o‘quv rejasi va ta’lim dasturlarida nazarda tutilgan  bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari  zarur hamda markazning Ustaviga, Ichki mehnat  tartib qoidalari va tinglovchilar turar joylari qoidalariga qat’iy rioya etishlari shart.

Ushbu Ustav va markazning Ichki mehnat tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda tinglovchiga nisbatan quyidagi intizomiy choralar ko‘riladi: ogohlantirish hamda tinglovchilar safidan chetlatish.

Tinglovchilar markazdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

  1. o‘z hohishiga binoan;
  2. salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi ma’lumotnomasi asosida);
  3. shartnoma asosida o‘qitish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmagani uchun (shartnoma asosida o‘qiyotgan tinglovchilar uchun);
  4. o‘quv intizomini va markazning Ichki mehnat tartib-qoidalarini buzganligi uchun.

Tinglovchilarning o‘zlashtirishi reyting baholash tizimi asosida nazorat qilinadi. Reyting balini jamlashda:

  • har haftalik assesmentlar natijalari (joriy nazorat);
  • pedagogik (malaka) amaliyot yakunlari;
  • kursni tamomlagandan keyingi test sinovlari natijalari;
  • loyiha ishini himoya qilish natijalari hisobga olinadi.

Uzrsiz sabablar bilan 30 soatdan ko‘p hajmda mashg‘ulotlarda qatnashmaganlik uchun kurslarning tinglovchilari qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safidan chiqariladi va bu haqdagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, shuningdek tinglovchining asosiy ish joyiga yuboriladi.

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.