O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktablar hamkorligida ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan qisqa o‘quv kurslari boshlaganligini ma’lum qiladi

ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktablar kesimida ona tili va adabiyot fanlarida  yangilanishi kutilayotgan darsliklar yuzasidan «O‘zbek tilida to‘rt ko‘nikma: tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozib tushunish va gapirish» va “Aabiyot fanlarini o‘qitishda xadqaro standartlar ” nomli qisqa o‘quv kurslari boshlaganligini ma’lum qiladi.

Ushbu kursdan maqsad:

🔸 Tinglovchilarning o‘quv hamda ilmiy-pedagogik jarayondagi faoliyatini xalqaro standartlar va jahon tajribasi asosida yanada rivojlantirish.

🔸 O‘qituvchilarda yangilanishi kutilayotgan maktab darsliklaridagi yondashuvlar asosida nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozib tushunish, gapirish ko‘nikmalari).

🔸Maktab o‘qituvchilarida o‘zbek tilini bilish darajalari bo‘yicha alternativ ta’limni shakllantirish.

🔸 Xalqaro ta’lim tizimidagi eng ilg‘or interfaol usullarni  o‘zlashtirish hamda amaliyotga joriy etishdan iborat.

🔸 Maktab o‘qituvchilarida o‘zbek tilini bilish darajalari bo‘yicha alternativ ta’limni tashkil etish (CEFR: B1, B2).

Kursni jahonning eng yetuk universitetlari (Kembridj, Kolumbiya, Garvard, Michigan, Gumboldt va h.k.) da tahsil olgan, xalqaro tajribaga ega, Respublikamizning oliy toifali mutaxassislari hamda malakali professor-o‘qituvchilari olib boradilar.

Barcha manfaatdor ta’lim muassasalarini hamkorlikka taklif qilamiz.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.