
Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan master-klass mashg‘uloti “O‘qituvchining nutq madaniyati va notiqlik san’ati” mavzuiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotni filologiya fanlari nomzodi, mahoratli notiq va jurnalist Rahimboy Jumaniyozov olib bordi.
Insoniyat qadim zamonlardan so‘z va nutqdan foydalanib keladi. Jamiyat taraqqiy etgani sayin, nutq madaniyati va notiqlik san’ati ham rivojlanib borgan.
Mutaxassislarning aytishicha, nutq madaniyati insonning ijodiy va mustaqil fikrlash, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda ravon bayon etish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ayniqsa pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kasb sohiblarining notiqlik mahorati yuqori bo‘lishi kerak. O‘qituvchining jarangdor ovozi, o‘ziga jalb eta olish qobiliyati, mavzularni aniq va ifodali tushuntirishi mashg‘ulot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.