Tashkilot nizomi

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI DAVLAT MUASSASASI
U S T A V I
I. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-sentabrdagi 278-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 242-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2016-yil 13-maydagi PF-4797-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 152-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (keyingi o‘rinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) faoliyatini belgilaydi.

  1. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi), Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi (keyingi o‘rinlarda matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi) hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (keyingi o‘rinlarda matnda Universitet deb yuritiladi) qaror va buyruqlari, shuningdek, mazkur Ustav asosida olib boradi.
  1. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, o‘z emblemasi, shtampi, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida hisob raqamiga ega bo‘ladi.
  1. Markaz Vazirlikning oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun davlat byudjetidan yillik parametrlari doirasida ajratilgan mablag‘lar, shartnoma asosida oliy ta’lim tizimining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan tushgan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘lari, grantlari hamda xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
  1. Markaz Vazirlikka, Vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazga hamda Universitetga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
  1. Markazning pochta manzili – 100100, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, O‘qituvchilar ko‘chasi, 103.
  1. Markaz rasman quyidagicha nomlanadi:
    davlat tilida: “Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi”.
    rus tilida: “Отраслевoй центр переподготовки и повышения квалификации педагогических кадров при Ташкентском государственном университете узбекского языка и литературы”.
    ingliz tilida: “The branch center for teachers retraining and professional development of under the Tashkent state university of uzbek language and literature”.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.