Markaz tinglovchilari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ko‘chma mashg`ulot o’tkazishdi

2019-yil 11-aprel kuni kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari taniqli adabiyotshunos olim Qozoqboy Yuldoshev bilan birga O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga adabiy ta’lim texnologiyalari modulidan ko‘chma mashg`ulotga borishdi. Omon Matchon, Muxtor Xudoyqulov, Nurali Qobul, Gulchexra Jo’rayeva kabi shoir va yozuvchilar bilan uchrashdilar. Ko’chma mashg’ulotda tinglovchilar talabalarda adabiyot o‘qitishning samarali usulllari to‘g‘risida yozma ish qanday tartibda o‘tkazish yo‘llari bo‘yicha fikr almashdilar. Adiblar xiyobonida bo’lib, adabiyotimiz darg’alarini xotirladilar. So’ngra Yozuvchilar uyushmasining «Durmon bog’i»ga borib, adiblar yashagan uylarida, ijodxonalarida buldilar.

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.