Markazning faoliyati va istiqboldagi vazifalari to‘g‘risida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti Universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi faoliyati va istiqboldagi vazifalari to‘g‘risida

Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-sentyabrdagi 278-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 242-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2016-yil 13-maydagi PF-4797-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 152-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi faoliyatini belgilaydi.

Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qaror va buyruqlari, shuningdek, tasdiqlangan Ustav asosida olib boradi.

Markaz yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, o‘z emblemasi, shtampi, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida hisob raqamiga ega.

Markaz Vazirlikning oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun davlat byudjetidan yillik parametrlari doirasida ajratilgan mablag‘lar, shartnoma asosida oliy ta’lim tizimining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan tushgan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘lari, grantlari hamda xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Markaz Vazirlikka, Vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazga hamda Universitetga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Tarmoq markazi respublikamizdagi o‘zbek tili filologiyasi va adabiyoti bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining malakalarini oshirish uchun mo‘ljallangan. Tarmoq markazida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilgan, jumladan:

  • o‘zbek tili va adabiyoti;
  • filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tilshunosligi);
  • filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek adabiyotshunosligi);
  • o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti.

Mazkur qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlarida quyidagi maxsus fanlar blokiga tegishli o‘quv modullarini o‘qitishga alohida e’tibor qaratilgan:

  1. Adabiyot fanlarini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tarjribalar.
  2. Filologik ta’limning elektron-axborot resurslari.
  3. Filologik tadqiqotlarda tizimli tahlil.
  4. O‘zbek tili va adabiyotining taraqqiyot yo‘nalishlari va innova-siyalar.
  5. O‘zbek tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar.
  6. O‘zbek adabiyotining falsafiy-estetik asoslari.
  7. Tarjimaning dasturiy ta’minoti.
  8. Ba’diiy tarjima va tahrir.
  9. Tarjimaning lingvomadaniy masalalari.
  10. Tarjimaning lingvistik masalalari.
  11. Kompyuter lingvistikasi asoslari.
  12. O‘zbek adabiyotining elektron axborot-ta’lim resurslari.
  13. Mumtoz poetik asarlar tahlilida zamonaviy usullar.
  14. Zamonaviy adabiyotshunoslikning nazariy-metodologik asoslari.
  15. O‘zbek folklorshunosligining yangilanish tamoyillari.
  16. Tilshunoslik nazariyasi va metodikasi.
  17. Antropotsentrik tilshunoslik yo‘nalishlari.
  18. Zamonaviy o‘zbek leksikografiyasi va terminologiyasi tamoyillari.

Tarmoq markazi quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini takomillashtirishni rejalashtirgan:

  1. Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq Markazida dars berish uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarini jalb etish.
  2. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlarni sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajada o‘tkazish uchun zarur axborot-ma’lumot va o‘quv-uslubiy bazani shakllantirish.
  3. Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq Markazida dars beradigan professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish.
  4. Tinglovchilarning amaliy va ko‘chma mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha tegishli profil kafedralar, ilmiy va ishlab chiqarish korxona hamda muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.
  5. Qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv jarayonlariga innovatsion ta’lim texnologiyalari, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish.
  6. Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq Markazi veb-saytini yaratish.
  7. Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq Markazida o‘qitish sifati monitoringining elektron tizimini yaratish.
  8. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitiladigan o‘quv-modullaridan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich o‘quv qo‘llanmalar yaratish.
  9. Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq Markazida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari sohasini yo‘lga qo‘yish.
  10. Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq Markazida xorijiy mutaxassislarning malaka oshirish va stajirovkasini yo‘lga qo‘yish.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.