Ichki Ishlar Akademiyasi bilan hamkorlikda qisqa o‘quv kurslari boshlandi

ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Ichki Ishlar Akademiyasida  2020 – yil 23 – noyabrdan boshlab   “Innovatsion ta’lim strategiyalari: milliy va jahon tajribasi” o‘quv loyihasi asosida «Ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish»  qisqa o‘quv kurslari  boshlanganligini ma’lum qiladi.

Kursdan maqsad:

1.Tinglovchilarning o‘quv hamda ilmiy- pedagogik jarayondagi faoliyatini xalqaro standartlar, jahon tajribasi asosida yanada rivojlantirish;

2. Jahonning nufuzli platformalari (Google scholar, research gate va h.k.z) da o‘z ilmiy ishlari bilan faol bo‘lish imkoniyatlarini yaratish;

3. TM ning mahalliy va xalqaro reytingidagi o‘rnini yuqori pog‘onalarga olib chiqishga ko‘maklashish

4.Xalqaro ta’lim tizimidagi eng ilg‘or interfaol usullardan  foydalanib, ularning davlat tilida ish yuritish, shuningdek,  nutq va imlo qoidalarini o‘zlashtirish hamda amaliyotga joriy etishdan iborat.                                                                                                                                                                          Kursni jahonning eng yetuk univetsitetlari (Kembridj, Kolumbiya, Garvard, Michigan, Gumbold va h.k.) da tahsil olgan va tajriba o‘tagan, xalqaro tajribaga ega, Respublikamizning oliy darajadagi mutaxassislari, professor -o‘qituvchilar olib boradi. Barcha manfaatdor ta’lim muassasalarini hamkorlikka taklif qilamiz.

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.