Halollik – korruptsiyadan tiyilishning muhim omili

2017-yil 20-aprel kuni Toshken davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari” ilmiy-metodik Kengashi raisi, polkovnik Sharif Raximovich Qobilov tomonidan tinglovchilar uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni o‘rganishga doir o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tinglovchilarga Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, moderator tomonidan korrupsiya va uning kelib chiqish sabablari, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash siyosati, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash – korrupsion vaziyatni kuchsizlantirishning muhim sharti ekanligi, halollik – korrupsiyadan tiyilishning muhim omili ekanligi, korrupsiyayaga qarshi kurashda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati keng yoritib berildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.