Filologik ta’limda ilg‘or xorijiy tajriba: Nansi Ackles tomonidan mahorat darslari tashkil etildi

2017-yil 18-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatidagi Azusa Pacific Universitetining professori Nansi Ackles “Filologik ta’limda ilg‘or xorijiy tajriba” moduli bo‘yicha Dr. James Asherning “Total Physical Response” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi.

Mahorat darsini Nancy Ackles o‘zga tillilarga xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalari bilan tarmoq markazi tinglovchilar bilan o‘rtoqlashdi. Mahorat darsi ingliz tilida olib borildi. Mashg‘ulotlar jarayonida xorijda foydalanilayotgan filologik ta’limning ilg‘or metodlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot jarayonida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Savollarga professor Nancy Ackles o‘zining ilmiy-amaliy tajribasi asosida javob berdi.

Mutaxassis tomonidan olib borilgan mahorat darsi juda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.