Bir asrning ikki buyuk darg‘asi

2020 yil 14 fevral kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari hamda O‘zbek tili fakulteti  professor-o‘qituvchilari va talablari tomonidan  “Bir asrning ikki buyuk darg‘asi” mavzusidagi badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Abdulxay  Shukurovich Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda O‘zbek milliy akademik drama teatrining yetakchi aktrisasi  – elimizning mashhur va sevimli san’atkori  Shohidaxonim Ismoilova ham ishtirok etdilar. Sh.Ismoilova o‘z aktyorlik faoliyati davomida Alisher Navoiy va Bobur siymolari yaratilgan spektallarda yaratgan rollari haqida talabalarga qiziqarli  voqealarni hikoya qilib berdi, talabalar ushbu xotiralarni qiziqish bilan tinglab, Shohidaxonimga minnatdorchilik bildirishdi.

    So‘ngra O‘zbek tili fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqish namoyish qilindi. Bu chiqish ham tadbir ishtirokchilariga juda ma’qul bo‘ldi. Ayniqsa, kafedra o‘qituvchisi Mansur Siddiqov tomonidan yozilgan “Navoiy va Bobur” suhbati qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. M.Siddiqov mazkur xayoliy suhbatni  “Boburnoma” va ularning yozishmalari asosida o‘zi yozdi va ushbu suhbat talabalar tomonidan mohirona ijro etildi.  Tadbirda  slaydlar yordamida Alisher Navoiy va Boburning hayotiga oid qiziqarli va kam o‘rganilgan ma’lumotlar ham taqdim etildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.